14 dek 16:07
Yangiliklar
Karate WKF bo'yicha Osiyo chempionati oldidan istiqbolli rejalar muhokama qilindi
Xabaringiz bor, 16-20-dekabr kunlari mamlakatimizda karate WKF bo'yicha Osiyo chempionati o'tkaziladi. Mazkur musobaqaga Butunjahon karate federaciyasi (WKF) prezidenti Antonio Espinos ham tashrif buyurdi. Bugun Sportni rivojlantirish vazirligida Adkham Ikramov va Antonio Espinos o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuvda Milliy Olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov, O'zbekiston karate WKF federasiyasi raisi Rashid Talipov hamda Osiyo karate federaciyasi (AKF) prezidenti, general-mayor Nasser Abdulrazak Al Razuki va boshqa mutasaddilar ishtirok etishdi.
Uchrashuvda mehmonga O'zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi faoliyati, davlatimiz rahbari tomonidan aholi, ayniqsa, yoshlar orasida sportni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar va yangilanishlar haqida malumot berildi.
Butunjahon karate federaciyasi prezidenti Antonio Espinos karate WKF sportini rivojlantirishga alohida etibor qaratilgani, bu borada bir qancha ishlar amalga oshirilayotgani, bir necha kundan keyin boshlanadigan Osiyo chempionatiga yuqorida darajada tayyorgarlik ko'rilganini takidladi.
Fikrlar