16 mar 08:05
Yangiliklar
Karatechilar Premier League turniridan qaytib kelishdi FOTOREPORTAJ
Islom Karimov nomidagi Toshkent Xalqaro aeroportida O'zbekiston terma jamoasi delegaciyasini tantanali kutib olish marosimi bo'lib o'tdi.
Marosimda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo'mitasi, karate WKF federaciyasi vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari hozir bo'ldilar.
Mazkur turnirda AQSH, Franciya, Kolumbiya, Meksika, Braziliya, Greciya, Italiya, Gruziya, Armaniston, Rossiya, Bahrayn, Qirg'iziston, Moldova, Ruminiya, Serbiya, Belgiya, Finlyandiya, Qozog'iston, O'zbekiston kabi 72 mamlakatdan 584 nafar sportchi ishtirok etdi.
Ular orasida O'zbekiston milliy terma jamoasining 6 nafar sportchisi ham qatnashib, musobaqa yakuniga ko'ra 60 kg. vazn toifasida Sadriddin Saymatov bronza, 75 kg. vaznda Dostonbek Otabolaev kumush medalni qo'lga kiritdi.
Karate afsonasi Xo'jamqul Xo'jaqulov (suratda chap tomonda)
Suratlar muallifi - Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz
Fikrlar