12 may 15:10
Yangiliklar
Gimnastika
Karimova: "Gimnastikachilarimizga mezbonlar va turkiyalik sportchilar asosiy raqib bo'ladilar"
Badiiy gimnastika bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi murabbiyi Sevara Karimova "Islom birdamlik o'yinlari" haqida gapirib o'tdi.
"Bu musobaqa badiiy gimnastika uchun yaxshi bo'ladi.
Biz turnirda ishtirok etadigan tarkib bungacha xalqaro turnirda ishtirok etganlar. Serdyukova va Toshkenboeva o'tgan oy Bokuda bo'lib o'tgan jahon kubogida, Usmonova esa Moskvadagi turnirda qatnashgan. Undan tashqari, ular O'zbekiston chempionatida ham o'z tajribalarini oshirganlar.
Islom o'yinlarida biz nimalarga qodir ekanligimizni ko'rsatishga harakat qilamiz. Ushbu musobaqada Ozarbayjon va Turkiyadan tashrif buyurgan gimnastikachilar etakchi hisoblanadilar", - deydi Karimova.
Havola :
Manba : Sputnik
Fikrlar