So’nggi yangiliklar

12:57Гвардиола Гехининг транфери бўйича берилган саволга жавоб берди 0 12:47Sofascore. Шомуродов энг яхшилардан бири, Файзуллаев эса... 0 12:36Australian Open 2026. Полина Кудерметова ғалаба билан бошлади 0 12:05Майкл Зерафа умрбод дисквалификация қилиниши мумкин 0 11:44RAF Лигаси яна бир Олимпиада чемпиони билан шартнома имзолади 0 11:23Нури Шаҳин кечаги учрашувдан сўнг Шомуродов ҳақида фикр билдирди 0 11:02Хамзат Чимаев фаолиятидаги энг қийин жангни айтди 0 10:41IBF чемпиони Дана Уайтга тегишли Zuffa Boxing лигаси билан шартнома имзолади + ФОТО 0 10:20Бугун Дўсматов, Мадраҳимов, Зокиров ва бошқа боксчиларимиз рингга кўтарилади (Жуфтликлар) 0 09:59Sofascore. Ҳусанов энг яхшилардан бири бўлди 0 09:38ESPN боксчиларнинг P4P янгиланган рейтингини эълон қилди 0 09:17Бироздан сўнг теннисчимиз Australian Open 2026 турниридаги иштирокини бошлайди 0 08:56Александр Усик Фьюри, Жошуа ва Уайлдер учлигидан энг кучлисини танлади 0 08:35Равшан Ҳайдаров кечаги аламли мағлубиятга изоҳ берди 0 08:14Tata Steel Chess 2026. Синдаров 1-турда амалдаги жаҳон чемпиони, Абдусатторов 14 ёшли гроссмейстер билан ўйнади 0

03 mar 18:54
Yangiliklar

Dzyudo

"Katta Dubulg'a"ning so'nggi kunini oltin va bronza bilan yakunladik, umumiy hisobda 6 ta medalga egamiz

Teglar :  Dzyudo
Toshkentda dzyudo bo'yicha "Katta Dubulg'a" turnirining so'nggi kuni yakunlandi.

Kun davomida musobaqada ishtirok etgan sportchilarimizdan Muzaffarbek To'raboev oltin, Davlat Bobonov bronza medalini qo'lga kiritdi. SHu tariqa, vakillarimiz bugungi kunni 1 ta oltin va 1 ta bronza medali bilan yakunlashdi. 

SHu tariqa, dzyudo bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Toshkentdagi "Katta Dubulg'a" turnirini 2 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medali bilan yakunlashdi. 

Terma jamoamiz safida quyidagi dzyudochilarimiz sovrindor bo'lishdi:

Oltin:

-60 kg: Doston Ro'ziev

-100 kg: Muzaffarbek To'raboev 


Kumush: 

-52 kg: Gulhayo Jo'raeva


Bronza:

-73 kg: SHahram Ahadov

-73 kg: Obidxon No'monov

-90 kg: Davlat Bobonov.


Ushbu sahifa orqali o'zbekistonlik dzyudochilarning qayd etayotgan natijalari bilan tanishib borishingiz mumkin:

SAHIFANI YANGILASH



+100 kg vaznli SHohrux Bahtiyorov bronza uchun bahsda rossiyalik neytral sportchiga qarshi kurashdi va afsuski imkoniyatni boy berdi. Beshinchi o'rin!


+100 kg vazn toifasida Muzaffarbek To'raboev finalda rossiyalik raqibini muddatidan oldin mag'lub etdi va OLTIN medalni qo'lga kiritdi!


-90 kg vaznli Davlat Bobonov bronza uchun bahsda kubalik raqibini ippon evaziga mag'lub etdi! Bobonovda BRONZA!



Soat 17:00dan so'ng boshlanadigan final blokida uch nafar vakilimiz tatamiga chiqadi. Davlat Bobonov va SHohrux Bahtiyorov bronza, Muzaffarbek To'raboev esa oltin medal uchun kurashadi.

-90 kg: Davlat Bobonov - Ivan Silva Morales (Kuba) (bronza uchun)

-100 kg: Muzaffarbek To'raboev - Matvey Kanikovskiy (neytral sportchi) (final)

+100 kg: SHohrux Bahtiyorov - Inal Tasoev (neytral sportchi)



- - - - - 

+100 kg vazn toifasidagi o'tish jangida o'zbekcha derbi bo'ldi. Unda SHohrux Bahtiyorov Alisher Yusupovni mag'lubiyatga uchratdi va bronza uchun kurashish imkoniyatiga ega bo'ldi. 


+100 kg vaznli O'tkir To'raboev o'tish jangida afsuski yaponiyalik raqibga so'nggi soniyalarda imkoniyatni boy berib qo'ydi.


-100 kg vaznda Muzaffarbek To'raboev yaponiyalik raqibdan ustun keldi va finalga yo'l oldi.


-100 kg vaznda Rustam SHorahmatov o'tish jangida polshalik dzyudochiga mag'lub bo'ldi.


-100 kg vaznli SHermuhammad Jandreev o'tish jangida belgiyalik raqibga mag'lub bo'ldi.


+100 kg vazn toifasida SHohrux Bahtiyorov chorak finalda yaponiyalik dzyudochiga yutqazdi.


+100 kg vaznli Alisher Yusupov chorak finalda vengriyalik raqibga imkoniyatni boy berdi.


+100 kg vaznli O'tkirbek To'raboev rossiyalik dzyudochiga mag'lub bo'ldi.


-90 kg vazn toifasida Davlat Bobonov yarim finalda bolgariyalik raqibga yutqazdi. U endi kechki dasturda bronza uchun kubalik raqibga qarshi kurashadi.


-100 kg vaznli Rustam SHorahmatov chorak finalda yaponiyalik raqibga mag'lub bo'ldi.


-100 kg vazn toifasida Muzaffarbek To'raboev polshalik raqibini mag'lubiyatga uchratdi va yarim finalga yo'l oldi!


-100 kg vaznli SHermuhammad Jandreev afsuski rossiyalik neytral sportchiga mag'lub bo'ldi.


+100 kg vazn toifasida Alisher Yusupov qirg'izistonlik dzyudochini mag'lubiyatga uchratdi!


-90 kg vaznli Davlat Bobonov Dominikan Respublikasi vakili bilan kurashdi va ippon evaziga g'alaba qozondi!


+100 kg vazn toifasida O'tkirbek To'raboev turkiyalik dzyudochidan ustun keldi.


+78 kg vaznli Fotima Quramboeva portugaliyalik raqibasiga imkoniyatni boy berdi.


-100 kg vaznli Rustam SHorahmatov shveycariyalik raqibini mag'lubiyatga uchratdi.


+100 kg vazn toifasida Muzaffarbek To'raboev italiyalik raqibini ippon evaziga mag'lub etdi!


+78 kg vazn toifasida Rinata Ilmatova yaponiyalik raqibasiga mag'lub bo'ldi.


-90 kg vazn toifasida SHahzodxo'ja SHaripov italiyalik raqibga yutqazdi.


-100 kg vaznli Ernazar Sarsenbaev rossiyalik neytral raqibga mag'lub bo'ldi.


-100 kg vaznli SHermuhammad Jandreev tojikistonlik raqibini mag'lub etdi.


-90 kg vazn toifasida Davlat Bobonov uchinchi jangini braziliyalik raqibga qarshi o'tkazib, g'alaba qozondi.


+100 kg vaznli SHohruh Baxtiyorov ilk jangida germaniyalik raqibini mag'lubiyatga uchratdi.


+78 kg vaznli Mohlaroyim To'xtamisheva xitoylik raqibasiga yutqazdi.


-78 kg vaznli Irisxon Qurbonboeva franciyalik raqibasiga imkoniyatni boy berdi.


+100 kg vaznli Islombek Ravshanqulov afsuski ukrainalik raqibiga mag'lub bo'ldi.


+78 kg vaznli Fotima Kuramboeva Saudiya Arabistoni vakilasidan ustun keldi. 


+100 kg vazn toifasida O'tkirbek To'raboev ilk jangini monakolik raqibga qarshi o'tkazdi va g'alabaga erishdi!


+78 kg vazn toifasida Rinata Ilmatova g'alaba qozondi. Uning italiyalik raqibasi Golden Score'da uchinchi shidoni oldi. 


-100 kg vazn toifasida Rustam SHorahmatov qozog'istonlik dzyudochini musobaqadan chiqarib yubordi.


-100 kg vaznli Muzaffarbek To'raboev turkmanistonlik dzyudochidan ustun keldi. 


-100 kg vaznli Ernazar Sarsenbaev qozog'istonlik raqibini mag'lub etdi.


-100 kg vazn toifasida SHermuhammad Jandreev braziliyalik raqibidan ustun keldi.


+78 kg vazn toifasida Durdona Nizomiddinova tatamiga chiqmadi. Uning braziliyalik raqibasi avtomatik tarzda keyingi bosqichga yo'l oldi.


-90 kg vazn toifasida Davlat Bobonov qirg'izistonlik raqibini mag'lub etdi.


-78 kg vaznli SHirinjon Yo'ldosheva xitoylik dzyudochiga yutqazdi.


-78 kg vazn toifasida Farangiz Xolmurodova italiyalik dzyudochiga mag'lub bo'ldi.


-78 kg vaznli Nodira Yo'ldosheva Xitoy Taypeyi vakilasiga yutqazdi.


-78 kg vazn toifasida Irisxon Qurbonboeva xorvatiyalik raqibasidan ustun keldi.


-90 kg: Azizbek Avazmurodov kubalik raqibga mag'lub bo'ldi.


-90 kg: Jaloliddin Qurbonmurodov ilk bosqichda braziliyalik raqibiga yutqazdi. 


-90 kg vazn toifasida SHahzodxo'ja SHaripov avvaliga belgiyalik, keyin esa hindistonlik raqibini mag'lubiyatga uchratdi.




Bugungi bahslar beshta vazn toifasida o'tkaziladi. 

Sportchilarimiz va ularning dastlabki raqiblari bilan quyida tanishishingiz mumkin:

-90 kg vazn toifasi

Davlat Bobonov - Anarbek Ishenbaev (Qirg'iz Respublikasi)

SHahzodxo'ja SHaripov - Sami Xuxi (Belgiya)

Jaloliddin Qurbonmurodov - Jiovani Ferreyra (Braziliya) 

Azizbek Avazmurodov - Felipe Morales Silva (Kuba)


-100 kg vazn toifasi 

Muzaffarbek To'raboev - Baymirat Majanov (Turkmaniston)

Ernazar Sarsenbaev - Bekzat SHagataev (Qozog'iston)

Rustam SHorahmatov - Nurlixan SHarxan (Qozog'iston) 

SHermuhammad Jandreev - Rafael Buzakarini (Braziliya) 


+100 kg vazn toifasi

Alisher Yusupov - Galimjan Krikbaev (Qozog'iston)/Emirxan Joldoshkaziev (Qirg'iz Respublikasi)

SHohruhxon Baxtiyorov - Yoxannes Frey (Germaniya) 

O'tkirbek To'raboev - Marvin Gadeu (Monako)

Islombek Ravshanqulov - Evgeniy Balevskiy (Ukraina)


-78 kg vazn toifasi

Irisxon Qurbonboeva - Petrunjela Pavich (Xorvatiya)

SHirinjon Yo'ldosheva - Jenjao Ma (Xitoy)

Farangiz Xolmurodova - Alise Bellandi (Italiya)

Nodira Yo'ldosheva - SHu Xsu Vang (Xitoy Taypeyi)


+78 kg vazn toifasi

Rinata Ilmatova - Erika Simonetti (Italiya)

Fotima Quramboeva - Tahani Al Qahtani (Saudiya Arabistoni)

Mohlaroyim To'xtamisheva - Ksin Su (Xitoy)

Durdona Nizomiddinova - Jiovanna Santos (Braziliya)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing