03 avg 18:17
Yangiliklar
Boks/MMA

Kayo Borralo: "Xamzat dyu Plessini 1-2 raund ichida tinchitadi"
UFC jangchisi Kayo Borralo Drikus dyu Plessi va Xamzat CHimaev o'rtasida bo'ladigan jang haqida fikr bildirdi.
"Men har doim Drikus dyu Plessiga qarshi bo'laman, lekin u doim og'zimni yopib qo'yadi. Biroq bu jang tez yakunlanishi mumkin — xuddi Xamzatning Robert Uittakerga qarshi jangidek. Birinchi yoki ikkinchi raundda.
Atrofimdagi 60 foizim Xamzat jangni juda tez yakunlashini aytayapti, lekin 40 foizim esa shunday deydi: Drikus o'zining katta hajmi va vazni tufayli birinchi ikki raundni bardosh bilan o'tkazib, keyinroq imkoniyatlarini oshirishi mumkin", — dedi Kayo Borralo.
Havola :
Manba : The Schmo
Fikrlar