08 sen 13:00
Yangiliklar
Boks/MMA

Kayo Borralo yil oxirigacha yana bir jang o'tkazmoqchi
O'rta vazn toifasidagi UFC jangchisi Kayo Borralo UFC Fight Night 258 turniri doirasida Nassurdin Imavovga mag'lub bo'lganidan keyin kelgusi rejalari bilan o'rtoqlashdi.
"Ishlar qalay, yigitlar? Kechagi kun yodimda, lekin biz oldinga intilyapmiz! Barcha qo'llab-quvvatlaganlarga rahmat. Keling, keyingi jangga o'tamiz! Endi men faolroq bo'lishni xohlayman. Noyabr oyida "Medison Skver Garden" yoki dekabrda "T-Mobile Arena"da? Men hammasiga tayyorman! Ketdik!", deb yozgan braziliyalik sportchi o'z sahifalarida.
Kecha braziliyalik aralash yakkakurash ustasi Imavovga 5 raundlik jangda ochkolar hisobiga ko'ra imkoniyatni boy berib qo'ygandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar