18 fev 17:46
Yangiliklar
Dzyudo
Kechki dasturda ikki dzyudochimiz bronza medali uchun tatamiga chiqadi
Isroilning Tel-Aviv shahrida dzyudo bo'yicha “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi yirik musobaqa davom etmoqda.
Quvonarlisi, -66 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan ikki dzyudochimiz o'tish bellashuvida nomdor raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, kechki dasturda bronza medali uchun kurashish huquqini qo'lga kiritdi.
Nisbatan xalqaro tajribasi kam bo'lgan istedodli Muhriddin Tilovov ozarbayjonlik Nijat SHixalizadani, Sardor Nurillaev esa mezbonlarning nomdor vakili Barux SHmaylovni mag'lubiyatga uchrata oldi. Endi Tilovov kechki dasturda bronza medali uchun rossiyalik Murad CHopanovga, Nurillaev esa italiyalik Mattia Mikeliga qarshi tatamiga chiqadi.
Har ikki dzyudochimizdan ham bronza medali kutib qolamiz. Omad yor bo'lsin, yigitlar!
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar