02 okt 12:14
Yangiliklar
Boks/MMA

"Kelishuvga erishildi, shartnoma imzolandi, etkazildi" - Makgregor Oq uydagi jangi haqida xabar berdi
Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor promoushenning Oq uydagi turniri bo'yicha kelishuvga erishganini malum qildi.
"Kelishuvga erishildi, shartoma imzolandi, tegishli odamlarga etkazildi. Makgregor Amerikaning 250 yilligi munosabati bilan Oq uyda jang qiladi", - dedi irlandiyalik 37 yoshli Konor Fox News Channel teleboshlovchisi SHon Xennitiga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Oq uydagi UFC raqamli turniri 2026 yil iyun oyida bo'lib o'tishi kerak.
Malumot uchun, Konor 2021 yil iyul oyidan beri aralash yakkakurashlarda jang qilmagan. O'shanda u UFC 264 turnirida oyoqdagi jarohati sabab birinchi raunddayoq Dastin Porega qarshi jangini davom ettira olmagan va natijada unga texnik nokaut yozilgandi. Makgregorning professional rekordi 22 g'alaba va 6 ta mag'lubiyatni tashkil qilmoqda.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar