14 iyu 10:50
Yangiliklar
![](/upload/storage/222983_220.jpg)
Konor Irji Proxazkaning g'alabasiga munosabat bildirdi
CHexiyalik yangi chempion Singapurda o'tgan UFC 275 turnirining markaziy jangi yakunlanishiga 28 soniya qolgan bir paytda endilikda sobiq kamar sohibi Glover Teysheyrani bo'g'ish usuli bilan mag'lub etgan edi.
"Paradigm Sports hamda CHexiyaning yangi va ilk UFC chempioni! Engilmas samuray Irji Proxazka! Bu qanday jang! Qanday ishtirok! Tabrigimni qabul qil!", - deya ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar qoldirgan irlandiyalik.
Takidlash joiz, Konor MakGregor ham, Irji Proxazka ham AQSHda faoliyat yuritayotgan Paradigm Sports menejerlik kompaniyasining mijozlari hisoblanishadi.
Qizig'i shundaki, o'z vaqtida RIZIN chempioni bo'lgan 29 yoshli Irji Proxazka o'zining UFC promoushenidagi uchinchi jangidayoq kamar sohibiga aylandi.
Fikrlar