29 noy 10:11
Yangiliklar
Boks/MMA

Konor Makgregor oktagonga qaytish muddatini aytdi
Ikki vaznda sobiq UFC chempioni Konor Makgregor oyog'idan olgan jarohatini davolashda davom etmoqda.
Irlandiyalik jangchi Dastin Porega qarshi kechgan bahsda jarohat olgan edi. Konor qachon to'laqonli mashg'ulotga qaytishi va qachon jang o'tkaza olishi mumkin degan savolga javob berdi.
"Aprel oyida bemalol to'laqonli sparring mashg'ulotlarni o'tkazishim mumkin. Mashg'ulotga qaytib olsam, keyin jangga juda oz vaqt qoladi. O'zim ham sabrsizlik bilan shu kunlarni kutyapman", - dedi Konor.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar