15 avg 07:11
Yangiliklar

Konor Makgregor UFC rosteridan chiqarildi
Bugun esa irlandiyalik aralash yakkakurash ustasi dunyoning eng kuchli Ligasi jangchilari rosteridan chiqarilgan. Bunga X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog'idagi UFC Roster Watch akkaunti etibor qaratgan. Jangchi rosteriga kiritilganidan keyin olti oy davomida doping tekshiruvlaridan o'tishga majbur bo'lardi. Agar hammasi joyida bo'lsa, u 2026 yilning yanvar yoki fevral oyida oktagonga qaytishni reja qilgandi.
Malumot uchun, 37 yoshli Konor Makgregor so'nggi jangini 2021 yilning iyul oyida Dastin Porega qarshi o'tkazib, texnik nokaut evaziga yutqazib qo'ygandi. UFC 264 turniri doirasidagi o'sha jangda Konor birinchi raundda oyog'idan jiddiy jarohat olgan edi. Makgregor hisobida 22 g'alaba va 6 mag'lubiyat bor.
Fikrlar