19 noy 18:03
Yangiliklar
Boks/MMA

"Konor TVga qarab baqirib o'tiradigan qariya". Masvidal yana Makgregorga "tosh otdi"
MMA jangchisi Xorxe Masvidal UFCning sobiq chempioni Konor Makgregor haqidagi fikrlarini bildirib o'tdi.
"O'ylaymanki, Konor Makgregor har kuni televizorga qarab baqirib o'tiradigan, jahldor qariya. U jarohatlanganini hazm qilolmayapti. U doim jarohatlanadi va endi to'liq kuch bilan, to'liq tayyorgarlik bilan jangga chiqa olmaydi. SHunchaki oddiy hayot kechir, do'stim. Reabilitacion markazga bor va qariyalarga nisbatan qanday muomala qilish kerakligini o'rgan.
Konorga doimo tupurib qo'yganman. U engil vaznda, men esa yarimo'rta vaznda - katta odamlar vaznida jang qilaman", - dedi Masvidal.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar