11 sen 17:10
Yangiliklar
Boks/MMA

Konor UFCga shikoyat qildi + FOTO
Ikki vazn toifasida sobiq UFC kamari sohibi Konor Makgregor UFCdan nima uchun u faoliyatini yakunlaganiga qaramasdan doping testi olishayotganini so'radi.
“UFC! Nimalar qilyapsizlar? USADA vakillari bugun yaxtamga kelib, mendan test olishdi. Axir men faoliyatimni yakunladim-ku! Mayli shunga qaramasdan, men test topshirdim”, - dedi Konor.
Eslatib o'tamiz, Konor pandemiya vaqtida faoliyatini uchinchi marta yakunlaganini elon qilgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar