17 jan 08:02
Yangiliklar

Konorga yana chempionlik jangi tashkil etib beriladimi? UFC prezidenti javob berdi
UFC prezidenti Dana Uayt ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor qaytishi bilan titul jangini qo'lga kiritishi borasidagi gaplarga o'z munosabatini bildirdi.
"Oldinda bizni kutib turgan janglarning natijalarini bilishimiz lozim. Birinchi o'rinda Oliveyra va Getji o'rtasidagi qarama-qarshilikni kuzatishimiz lozim. Keyin esa biz chempionlik uchun keyingi davogarni aniqlaymiz. Engil vaznda biz juda qiziq ishlarni amalga oshirishimiz mumkin.
Konor juda og'ir jarohat oldi. Qaytish uchun unga qancha muddat kerak bo'lishini hech kim bilmaydi. 100% tiklanib olish uchun unga vaqt kerak bo'ladi. SHundan so'ng esa biz bir qarorga kelamiz. Hozircha esa u rejamizda yo'q", - dedi Dana Uayt.
Fikrlar