So’nggi yangiliklar

13:32Ҳамюртимиз ONE FC турнирининг марказий жангида иштирок этади (+тўлиқ кард) 0 13:11Ҳумоюн Султонов Калабурагида 1/2 финал иштирокчисига айланди 0 12:50Бугун 5 нафар аралаш яккакурашчимиз Octagon 66 турнирида жанг қилади 0 12:29FourFourTwo ЕЧЛ финалларида урилган энг чиройли голлар рейтингини тузди 0 12:08Сувга сакраш бўйича Ўзбекистон кубоги ўтказилмоқда 0 11:47UFC жангчиси Виктория Дудаковага рақиб берилди 0 11:26Бетербиев ММАга ўтиш ҳақидаги саволга жавоб берди 0 11:05Goal «Олтин тўп»-2025 соврининг асосий даъвогарини эълон қилди. Виниcиус ҳозирча 4-ўринда 0 10:44Чендлер энди кимга қарши жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 10:23Шу ҳафта Хитойда ўтказиладиган UFC турнирининг тўлиқ карди билан танишинг 0 10:01Собиқ чемпионлар Петр Ян ва Дейвисон Фигерейду ўзаро жанг олдидан юзма-юз келди (ФОТО) 0 09:39Ламин Ямаль ва «Барселона» ўртасидаги янги келишув шартлари маълум 0 09:18Юнон-рум кураши бўйича Ўзбекистон чемпионатининг иккинчи кун ғолиблари маълум 0 08:57Макаодаги UFC турнири иштирокчилари тарозига чиқди 0 08:36Иштирокчиларидан мухлислари машҳур бўлган Ўзбекистон чемпионати + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0

17 jan 21:30
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

"Konorning Pakyao bilan jangi muqarrar". Makgregor UFC`dagi yurishini yana to'xtatmoqchi(mi?)

Konor Makgregorning UFC taxtiga qaytishi olamshumul ish bo'ladi. SHu bilan birga Konor professional boksga ham qaytmoqda.

UFC 257 turniriga bir haftadan biroz kam vaqt qolmoqda. Asosiy jang ikki vazn toifasidagi sobiq chempion Konor Makgregor va sobiq vaqtinchalik chempion Dastin Pore o'rtasida o'tkaziladi. Ushbu kard raqamli turnirlar orasida titul uchun jang qilinmaydigan kamdan-kam turnirlardan biri bo'ladi. Lekin bundan qo'rqmasa ham bo'ladi, ikki sportchi ham ajoyib jangni kafolatlashadi. Sababi, ushbu jang g'olibi deyarli norasmiy chempionga aylanadi. Boshqacha qilib aytganda, final oldidan final. 

Amaldagi chempion Xabib Nurmagomedovning qaytish yoki qaytmasligi haqidagi xabarlar deyarli har kuni ijtimoiy tarmoqlarda aylanmoqda va muhlislarning biroz medasiga ham tegib ulgurdi. Voqealar rivoji ham Xabibning qaytmasligini va chempionlik kamari bo'shab qolishini ko'rsatmoqda. Ammo bir tomondan olib qarasak, Xabib o'zini qiziqtira oladigan voqelik bo'lsa qaytishi ham takidlandi. UFC prezidenti Dana Uayt ham aynan Konor va Pore jangi g'olibi chempionlik kamari uchun asosiy davogarga aylanishini aytib o'tdi. SHu jihatdan qarasak, Konorning ushbu jangdagi Dastin Pore ustidan qozonilgan g'alabasi bir necha daqiqalar ichida Konorni "chempion"ga aylantirishi mumkin. Marketing, savdolar nuqtai nazaridan qaralsa bu UFCga juda ham qo'l keladi. Har doimgidek irlandiyalik "sog'in sigir" UFC ga millionlab dollar mablag' olib keladi, akciyalar narxini muntazam oshiradi. SHu bilan birga Konor ham o'z obro'sini qayta tiklab oladi.

Ammo, sport nuqtai nazaridan qaraladigan bo'lsa Konorning taxtga qaytishi divizion uchun yomon variant bo'lishi mumkin. Nega? 

Hech kimga sir emas, oxirgi yillarda aynan shu vazn toifasi eng raqobatga boy divizion bo'lib kelgan. 2016 yilning boshidan to shu kungacha bu vazn toifasida ikki to'laqonli chempion bo'lgan - Konor va Xabib. SHu bilan birga uchta vaqtinchalik chempionlar - Toni Fergyuson, Dastin Pore va Jastin Getji o'z vaqtida ushbu vaznda hukmronlik qilishgan. SHu davr mobaynida to'laqonli chempionlar uch marta himoya janglarini o'tkazishgan, bu janglarning barchasi Xabib Nurmagomedovga tegishli. 

Konor-chi? Aynan Konor sabab bu divizionda ushbu besh yil ichida bor yo'g'i uch marta himoya jangi o'tkazildi. Qanday qilib? Makgregor engil vazn chempionligini 2016 yilda qo'lga kiritgan bo'lsa, shu yilning noyabr oyida Eddi Alvaresni mag'lub etib, tarixda birinchi bor ikki vazn kamari sohibi aylangan edi. Barchasi shundan boshlandi. 

Boshlanishiga Konor oilasida birinchi farzand dunyoga kelayotganligi sabab faoliyatini malum muddatga tugatganligini elon qildi. Bu sabab hammaga tushunarli va bunda jangchini ayblab bo'lmas edi. Ammo 2017 yilning o'zida barchasi oydinlasha boshladi. Oilaviy muammolar shunchaki bahonaligi, Konorning asl maqsadi Toni Fergyuson va Xabib Nurmagomedov allaqachon o'ziniki qilishni xohlagan titulni himoya qilishni xohlamagasligi ekanligi aniq bo'ldi. 2017 yilning may oyida Konor o'g'il farzandi bo'ladi. Bunga qadar matbuot Konorning professional boksdagi Floyd Meyvezerga qarshi debyuti haqida allaqachon yozishni boshlagan edi. UFC avvaliga bu jangga qiziqish yo'qligini bildiradi. Keyinchalik esa tashkilot o'zining asosiy yulduziga yashil chiroqlarni ko'rsatadi. Iyun oyida jang o'tkazilishi rasman elon qilinadi. Avgust oyida ushbu olamshumul jang o'tkaziladi. Bu jang ortidan ikki jangchi ham juda katta miqdordagi mablag'ni o'ziniki qiladi. 

Konor Makgregor shuncha ishlardan so'ng ham UFCdagi tituli uchun himoya jangini o'tkazishi mumkin edi. Ammo, voqealar rivoji boshqacha tus oladi. Konor o'sha paytda deyarli aqldan ozgandi. Noyabr oyida u "Bellator" turniriga boradi va u erda taniqli referi Mak Goddar bilan janjallashib ketadi. Xuddi shu oyning o'zida yo'l qoidasini buzganligi uchun mahkamaga tushadi. Keyingi, yani 2018 yilning aprel oyida o'sha mashhur bezorilik - Xabibning avtubusiga hujum yuz beradi. Bu voqeadan keyin Konor AQSH huquq tartibot organlari qo'liga tushadi va Nyu-York sudida javob beradi. Buning oqibatida, UFC Konorni kamardan mahrum qilishga qaror qiladi. SHu tariqa, Konor Makgregor bir yarim yil davomida biror marta titulni himoya qiluvchi jang o'tkazmasdan UFC tojidan mahrum bo'ladi.

Konorni kutishga ketgan ushbu 18 oy, divizionning ravnaqi uchun jiddiy to'siq bo'lgan desak mubolag'a bo'lmaydi. Bir qancha kuchli jangchilar ushbu vaqtni shunchaki o'z navbatlarini kutish bilan o'tkazishgan. Yuqorida Konorning taxtga qaytishi aynan shu nuqtai nazardan ham divizion uchun yomon bo'lishi mumkin degan fikr ilgari surilgandi. 

Takidlash joizki, Konor Makgregor va boks bo'yicha WBA chempioni Menni Pakyaoning menejeri Odi Attar, mijozlari o'rtasidagi o'zaro jang 2021 yilda o'tkazilishi muqarrar ekanligini malum qildi. 

"Tasdiqlashim mumkin-ki, bu jangning 2021 yilda o'tkazilishi muqarrar. Ularni ikkalasi ham buni xohlashyapti. UFCdagilar Konor birinchi Porega qarshi jang qilishi kerak deyishdi. Biz undan so'ng Pakyaoga qarshi jang qilinishiga kelishdik. 2021 yilda ushbu jang o'tkazilmasa, men shunchaki shok holatiga tushsam kerak", - degan edi menejer. 

Hammasi tushunarliki, Konor o'z faoliyatini yana UFCdan tashqarida ko'rmoqda. Agarda irlandiyalik yana chempionlik tojini kiysa, unda titul uchun himoya janglari yana to'xtab qolishi mumkin. Bu yana divizion rivojlanishiga katta zarba bo'ladi. CHarlz Oliveyra, Jastin Getji, Maykl CHendler va Islam Maxachev kabi o'z navbatini kutib yotgan ajoyib jangchilar bundan jabrlanishlari mumkin. 



Albatta, shu o'rinda Xabib Nurmagomedov titulni uch yil davomida uch martagina himoya qilganini ham qayd etish joiz. Lekin Xabibning vaziyati biroz boshqacharoq edi. Konorga qarshi birinchi himoya jangidan so'ng Xabib oktagondan sakrab chiqib, janjal ko'targanligi sabab deyarli bir yilga diskvalifikaciya qilingandi. SHundan so'ng u Dastin Pore bilan jang qildi. Toni Fergyuson bilan o'tkazilishi kerak bo'lgan himoya jangi esa koronavirus tufayli amalga oshmadi. Undan uyog'iga Jastin Getji bilan jang, Xabibning shov-shuvli faoliyatini tugatishi.

SHu o'rinda Xabib faoliyatini tugatgandan so'ng, u nega kamardan mahrum qilinmadi degan savol berilishi tabiiy. Bu qarorga kelish albatta UFC va uning prezidenti Dana Uaytga bog'liq. Bu masalaga ham yaqin orada albatta oydinlik kiritiladi.

Fakt shuki, Konor Makgregor butun faoliyati davomida biror marta ham kamarni himoya qiluvchi jang o'tkazmagan. Divizion rivoji uchun bu safar unday bo'lmasligiga umid qilamiz. Albatta, hali hech narsa aniq emas. Dastin Poreni ham hisobdan chiqarmaslik kerak. Buni esa bir haftadan so'ng bilib olamiz.

Jalolxon tayyorladi

Reyting: +1   

Fikrlar

   
18 jan 02:25:57
CHELSEA2211
Maqolaga gap yöq... Dana uaytga ham qoil qolmadim... Kamardi vakant emas haligacha... Xabib faoliyatini rasman yakunladi...
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing