So’nggi yangiliklar

07:32Миллатлар лигаси. Италияда йирик мағлубият, Зидан шогирдлари зафар қучишди, Испания ниҳоят ютқазди 0 07:01Шара Буллет UFC`да 100 миллионга жангда ютқазишни таклиф қилишгани ва ҳатто рақибни ҳам айтиб ўтди 0 18:41Белбоғли кураш. Кучлилар Фарғонада аниқланди 0 18:10Майкл Моралес: "Махачевдаги камарни Эквадорга олиб кетаман" 0 17:39"Реал Мадрид" етакчиси билан янги шартнома имзолади 0 17:08"Хабиб фаолиятини якунлаётганида унга қўлимдан келган барча нарсани таклиф қилганман" - Дана Уайт 0 16:37Дана Уайт ташкил этмоқчи бўлган жангларни санаб берди 0 16:04Спорт курашлари бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди 0 15:33Афсонавий Роналдиньо профессионал футболга қайтиши сабабини ошкор қилди 0 15:02ММА жамоатчилигининг Харрисон - Нуньес жангига муносабати: "Тарихдаги энг ёмон режа" 0 14:31UFC 334 турнирининг бонус соҳиблари эълон қилинди 0 14:00Мераб Двалишвили "ишкалдаги дўсти" Саба Лазишвилига UFC томонидан шартнома таклиф этилганини айтди 0 13:29Банклар "Манчестер Сити"ни молиялаштиришдан бош тортмоқда 0 12:58Арман Царукян PFL ва Bellator жангчисига қарши баҳс олиб борди 0 12:27Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Давлат Бобоновга мухлислик қиламиз! 0

26 iyu 07:58
Yangiliklar

Taekvondo

Korea Openda muvaffaqiyatli ishtirok etgan taekvondochilarimiz tantanali kutib olindi

Taekvondochilarimiz Janubiy Koreyaning Jeju shahrida o'tkazilgan Korea Open reyting musobaqasida muvaffaqiyatli ishtirok etib, jami 22ta medalni qo'lga kiritishdi.

Terma jamoamiz azolari yurtimizga qaytib kelishdi. Ularni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi va O'zbekiston taekvondo WTF associaciyasi mutasaddilari, sportchilarning yaqinlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari kutib olishdi.

Ulug'bek Rashidov (oltin medal): «Musobaqa reyting ochkolarini jamg'arish uchun muhim edi. Unda yig'ilgan ochkolar navbatdagi turnirlarda asqotadi. Undan tashqari, Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Turnir davomida to'rtta jang o'tkazdim va ularning barchasida g'alaba qozonib, oltin medalni qo'lga kiritdim. Eng qiyin jangim? CHorak finalda taylandlik raqibga qarshi bahs qiyin kechdi. Uni 17:14 hisobida mag'lubiyatga uchratdim. Endi o'smirlar Olimpiadasida ham birinchi o'rinni qo'lga kiritmoqchiman».

Eslatib o'tamiz, musobaqada sovrindor bo'lgan o'zbekistonlik sportchilar ro'yxati quyidagicha ko'rinish olgan:

Oltin:

Nurlan Boydxo'jaev
Zafarbek Karimov
SHahzod Jo'raev
Ulug'bek Rashitov
Jasurbek Jaysunov
Najmiddin Qosimhojiev
Fariz Mahmudi
Gulhumor Sodiqova
Mohinabonu Ahadova
Saidmurodxo'ja Toxirxo'jaev

Kumush:

Amir Boturov
Aziz Arziev
Islom Rajabov
Jahongir Xudoyberganov
Muhammadroshad Akramov
Oyatullox Akramov

Bronza:

Dinora Mamadibragimova
Amir To'raev
Abdulaziz Hamidullaev
Ibrohim Nigmanov
Muhammadalixon Muxtorxonov
Madinabonu Mannopova.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing