11 iyu 10:57
Yangiliklar

Korme Jonsni yoqtirmasligini aytdi
"Stipeni hurmat qilaman, lekin Jons bilan jang uning uchun muvaffaqiyatli o'tadi, deb o'ylamayman. Bu ajoyib to'qnashuv, bu jangni ortiq kuta olmayman. Miochich Jonsni mag'lub eta oladimi yoki yo'q, buni bilmayman. Jonsni yoqtirmayman, ammo u haqiqatan ham qanday jang qilishni biladi", - deya Kormening so'zlarini keltiradi SportsKeeda nashri.
Ilgariroq, Kormening SHon-SHuhratlar zaliga kiritilgani va Makgregorning navbatdagi raqibi haqida xabar bergandik.
Jonsning Stipega qarshi jangi 30 iyul kuni, UFC'ning 277-raqamli turniri doirasida bo'lib o'tishi malum qilingan edi, biroq jangning rasmiy karddan o'rin olmagani malum bo'ldi.
Bizga kelgan malumotlarga ko'ra, jang sentyabr oyida o'tkazilishi rejalashtirilmoqda. Bu Jon uchun og'ir vazndagi debyut jang bo'lishi kutilmoqda.
Fikrlar