30 iyu 13:28
Yangiliklar
Boks/MMA
Korme ko'cha jangida Mayk Taysonni mag'lub etishini aytdi
Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Daniel Korme ko'cha jangida amerikalik boks afsonasi Mayk Taysonni mag'lub etishini aytdi.
"Bu jangda g'alaba qozongan bo'lardim. Men hamma bilan jang qila olaman. Ko'cha jangida shishani olib, har qanday holatda ishlatishing mumkin. Men Maykni yaxshi ko'raman, u mening yaqin do'stim va unga hech qachon yomonlik qilmayman. Buni aytishimning sababi bundan zavq olayapman", — dedi Korme.
Eslatib o'tamiz, 30 iyun kuni Mayk Tayson 56 yoshni qarshi oldi. U 1985 yildan 2005 yilgacha professional boksda 58 ta jang o'tkazib, 50 tasida g'alaba qozongan va 6 tasida mag'lubiyatga uchragan.
Korme esa 2020 yilda UFCʼdagi faoliyatini yakunlagan. Hozirda u ESPN kanalida sharhlovchisi sifatida ishlamoqda.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar