19 avg 08:53
Yangiliklar
Boks/MMA

Korme Xabibning qaytishi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi
Ikki vaznda sobiq UFC chempioni Daniel Korme Xabib Nurmagomedovning qaytishi haqidagi mish-mishlarga o'z munosabatini bildirdi.
"O'ylashimcha, Xabibning qaytishi haqiqatga to'g'ri kelmaydi. ESPN shousida aytganimdek, Islam Maxachev CHarlz Oliveyraga mag'lub bo'lsagina, Xabib qaytishi mumkin. Sport zaliga borganimda, Xabib menga: "Og'ayni, iltimos meni tinch qo'ying, nima uchun bu haqda gapiryapsiz? Menda hammasi avvalgidek", - degandi. SHunday ekan, men uning qaytishini haqiqatga to'g'ri kelmaydi, deb hisoblayman", - deya Kormening so'zlarini keltiradi Sportskeeda nashri.
Eslatib o'tamiz, Xabib Nurmagomedov faoliyatidagi so'nggi jangini 2020 yilning 25 oktyabrida Jastin Getjiga qarshi o'tkazgan edi.
Avvalroq, Xabib Korme va Xaver Mendesdan ko'p narsa o'rganganini aytgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar