So’nggi yangiliklar

18:10UFC Fight Night 273 турнирининг асосий жанги эълон қилинди + ПОСТЕР 0 17:49Каземиро Лионель Мессининг жамоадошига айланиши мумкин 0 17:28NUR-HAS Karate сарҳадлари кенгаймоқда. Марказнинг АҚШда бўлими очилади 0 17:07Расман! Рамирес vs Бенавидес: икки вазн чемпионларининг жанги тасдиқланди 0 16:46Чимаев вазн тоифасини ўзгартириб, иккинчи UFC камари учун жанг қилади 0 16:25"Арсенал" Леау билан музокара ўтказди, "Милан" футболчини 75-80 млн еврога сотишга тайёр 0 16:04Қишки Олимпиадада олтин медаллар сони бўйича рекорд ўрнатилди 0 15:43Жейк Пол синган жағида иккинчи жарроҳлик амалиётини ўтказди + ФОТО 0 15:22Яримоғир вазнда вакант бўлган UFC камари учун жанг ўтказилади 0 15:01ОКМК Аҳмадалиевни "Бунёдкор"дан қанчага сотиб олгани маълум 0 14:40Тошкент мезбонлигидаги Octagon League`нинг асосий жанги Шоҳасан Мирзаматов иштирокида камар учун ўтказилади + ПОСТЕР 0 14:19Милан ва Кортина-2026. Медаллар жамғариш бўйича вазият қандай? 0 13:58Dubai Duty Free Tennis Championships. Свитолина иккинчи финалчи! 0 13:37"Челси" амалдаги "Олтин тўп" соҳибини ўз сафига қўшиб олмоқчи 0 13:16Қишки Олимпиада-2026. Мусобақанинг ўн еттинчи кунги барча натижалари битта хабарда 0

24 iyu 22:31
Yangiliklar

Tokio-2020

Koronavirus bo'lmaganida bugun dunyo ahli Tokio-2020 Olimpiadasining ochilish marosimini kuzatar edi

Bugun 2020 yil 24 iyul! SHu kundan 9 avgustga qadar Yaponiya poytaxti Tokio shahrida XXXII Yozgi Olimpiya o'yinlari o'tkazilishi rejalashtirilgan edi.

Biroq dunyoda tarqagan SOVID-19 koronavirusi pandemiyasi sababli o'yinlarni keyingi yilga qoldirishga qaror qilindi.

2021 yilga qoldirilish xronologiyasi

2020 yil 2 mart. Tokio-2020 Tashkiliy qo'mitasi o'yinlarni o'tkazish masalasida xamma narsa rejadagidek ketayotgani xaqida bayonot berdi. SHu kunni o'zida XOQ Tashkiliy qo'mitaning bayonotini tasdiqladi.

18 mart. XOQ o'yinlarni bekor qilish yoki qoldirish masalasi kun tartibida yo'qligi bo'yicha malumot berdi.

23 mart. Kanada, Avstraliya va Buyuk Britaniya agar o'yinlar qoldirilmasa ishtirok etishdan bosh tortishligini malum qilishdi. SHu kuning o'zida Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe sportchilar xavfsizligi yuzasidan Olimpiada qoldirilishi mumkinligini, XOQ azosi va sobiq vice-prezident Dik Paund esa o'yinlar qoldirilish masalasi ko'rib chiqilayotganini “USA Today”ga malum qildi.

24 mart. Xalqaro Olimpiya qo'mitasi prezidenti Tomas Bax va Yaponiya Bosh vaziri SindzoAbe muhim va qiyin qarorni qabul qilishdi, yani joriy yilning yozida bo'lib o'tishi belgilangan Tokio-2020 Olimpiya va Paralimpiya yinlarini keyingi yili o'tkazilishi bo'yicha kelishuvga erishildi. “2021 yilning yoz fasli Tokio Olimpiadasi uchun oxirgi sana bo'lib qoladi”, – deya qo'shimcha qilgan edi Abe.

30 mart. Tokiodagi Olimpiya o'yinlari 2021-yil 23 iyuldan 8 avgustga qadar bo'lib o'tishi rasman elon qilindi.

Nomzodlikdan mezbonlikkacha

XXXII yozgi Olimpiya o'yinlarini o'tkazish uchun rasmiy talabnoma 2011 yil 1 sentyabrda taqdim etilgan edi. 2012 yil 23 may kuni Xalqaro Olimpiya qo'mitasi XXXII yozgi Olimpiya o'yinlarini o'tkazish uchun Madrid, Istanbul va Tokio shaharlari rasman davogarlik qilishlarini malum qildi. Bungacha Olimpiya o'yinlariga davogarlik qilgan Boku(Ozarbayjon) va Doha (Qatar) shaharlari nomzodlikka qabul qilinmagan bo'lsa, Rim (Italiya) nomzodini Italiya xukumati qaytarib olgan edi. 2013 yil 7 sentyabr kuni Argentinaning Buenos-Ayres shahrida bo'lib o'tgan XOQning 125-sessiyasida 2020 yilgi Olimpiya poytaxti Tokio shahri deb elon qildi.

Mezbon shahar tanlash jarayoni juda keskin kurashlar ostida bo'lib o'tganini qayd etib o'tish joiz. XOQ azolari orasida yashirin ovoz berish natijasida xech qaysi shahar 50 foizdan ortiq ovoz to'play olmadi Tokio (42%), Istanbul (26%), Madrid (26%). Final raundida ishtirok etish uchun Istanbul 49 foiz natija bilan Madridni (45%) ortda qoldirdi. Tokio va Istanbul shaharlari kurashida 60 ga 36 foiz ovoz bilan Tokio shahri g'alaba qozongan edi.

SHu tariqa, Tokio shahri 1964 yildan so'ng ikkinchi bor yozgi Olimpiya o'yinlariga mezbonlik qiladigan, Yaponiya esa 1972 yildagi Sappora va 1998-yildagi Nagonoda bo'lib o'tgan Qishki Olimpiadalar hisobiga to'rtinchi eng nufuzli musobaqasini o'zida qabul qiladigan mamlakat bo'ladigan bo'ldi.

Inshootlar

XXXII yozgi Olimpiya o'yinlarini o'tkazish uchun Yaponiya xukumati asosan mavjud sport inshootlarini tamirlab, sanoqli yangi sport obektlarini qurilganiga guvoh bo'lishimiz mumkin.

Sport inshootlarining katta qismi Tokio shahridagi Olimpiya shaharchasiga yaqin Tarixiy va Tokio Bey xududlarda joylashgan. Birinchi xududda 9 sport turi uchun 7 ta sport inshooti joy olgan bo'lsa, ikkinchi xududda 13 obekt 15 ta sport turi bo'yicha musobaqalarga mezbonlik qilishi rejalashtirilgan. Qolgan 16 turidagi sport komplekslar Olimpiya shaharchasidan kamida 8 km uzoqdagi xududlarda joylashgan. Barcha sport inshootlari zamonaviy sovutish tizimi bilan jihozlangan.

Sport dasturi

Sport o'yinlarining rasmiy dasturi 2017 yil 9 iyun kuni XOQ Ijroqo'mi tomonidan tasdiqlangan. O'yinlar sportning 33 turidagi 50 yo'nalishda jami 339 musobaqani qamrab oladi. Tokio-2020da butun dunyodan 11 090 nafar sportchi ishtirok etadi. Bu o'yinlar gender tengligi bo'yicha eng yaxshi ko'rsatkichni taqdim etadi, yani ishtirokchilarning 49 foizi ayollar! XOQ Prezidenti Toma Bax Tokio Olimpiadasining yutug'i ishtirokchilar orasida ayollar sonining oshishi, “yoshlarbop” va “urban” sport turlari orqali qiziq bo'ladi deya tarif bergan.

XXXII yozgi Olimpiya o'yinlari XOQning yangi siyosati yani mezbon mamlakat 5 ta sport turini qo'shish imkoniga ega bo'lgani sababli karate, qoyaga chiqish, syorfing va skeytbord sport turlari uchun debyut bo'ladi va 2008 yildan qayta tiklanishi kutilayotgan softbol sport turi ham 2020 yilgi Olimpiya dasturidan o'rin oldi. SHuningdek, bu Olimpiada basketbol 3x3, BMX erkin usuli va velosportning Medison yo'nalishlari uchun ham yangi musobaqa sifatida yodda qoladi.

Xozirga kelib, Olimpiya o'yinlarining 57 foiz yo'llanmalari egalarini topgan. O'zbekistonlik Olimpiyachilar sportning tennis, velosport, baydarka va kanoeda eshkak eshish, sport kurashlari, og'ir atletika, gimnastika, engil atletika, zamonaviy beshkurash, taekvondo va boks turlaridan jami 24 yo'llanmani qo'lga kiritishgan.

Bo'lajak Olimpiya o'yinlari saralash musobaqalari va roppa-rosa bir yildan so'ng boshlanadigan Olimpiya o'yinlarida xamyurtlarimizga zafar va omadlar tilab qolamiz.

Xalqaro aloqalar departamenti direktori Kamoliddin Ergashev

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing