20 fev 19:16
Yangiliklar
Boks/MMA

Kozimbek Mardonovning jang sanasi aniq. Raqib 46 ta jang o'tkazgan
Super o'rta vazn (76 kg)dagi bokschimiz Kozimbek Mardonovning prof ringdagi ikkinchi jangi 6 mart kuni o'rta vazn (72 kg)da bo'lib o'tadi.
AQSHning Mayami shtatida bo'lishi rejalashtirilgan mazkur oqshomda hamyurtimizga argentinalik Abel Nikolas Adriel (El Prinsipito) raqiblik qiladi. 31 yoshli Adriel faoliyati davomida 46 marta(23-20-3, 5KO) ringga ko'tarilgan.
Eslatib o'tamiz, Mardonov debyut jangida boshqa bir argentinalik Marcelo Rubin Molina ustidan 2-raunda nokaut evaziga g'alaba erishgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar