05 jan 14:43
Yangiliklar
Kristian Medina kamarining ilk himoyasi o'z vatanida o'tkazadi
U Gvadalaxara shahrida tashkil etiladigan prof boks oqshomida 26 yoshli hamyurti, birinchi o'ta engil vazn toifasida sobiq jahon chempioni Adrian Kyurielga qarshi chempionlik kamarini himoya qiladi.
Kristian Medina o'tgan yilning may oyida Gvadalaxarada jang o'tkazgan bo'lsa, sentyabrda Yaponiyaga yo'l oldi va WBO chempioni Yosiki Takeini to'rtinchi raundda nokautga uchratdi.
Darvoqe, Medina yaqinda Matchroom kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi, bu katta ehtimol bilan birinchi engil vazn toifasida jahon chempioni, vaznini ko'tarmoqchi bo'lgan Jessi Rodrigesga qarshi jangga olib kelishi mumkin.
Ammo avval Medina Kyurielni mag'lub etishi kerak bo'ladi. Adrian 2023 yilda Sivenati Nontshingni mag'lub etib, IBF chempioniga aylangan edi. Lekin o'sha jangdan besh oy o'tib, revansh jangida Kyurielga yutqazib qo'ygandi. Adrian ikki g'alabali seriya bilan kelmoqda.

Fikrlar