04 noy 21:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Kubalik kubalikni mag'lub etib, finalga yo'l oldi
Belgraddagi boks bo'yicha jahon chempionatida noodatiy qarama-qarshilik yuz berdi.
86 kilogrammgacha bo'lgan vazn toifasida yarim finalda kubalik bokschi Erik Ruiz Kordoba yana bir kubalik – Ozarbayjon vakili Lauren Alfonso Dominges bilan uchrashdi. Ushbu jangda Dominges 4:1 hisobida g'alaba qozondi va turnir finaliga chiqdi. Qizig'i, Loren o'z g'alabasini umuman nishonlamadi. Boz ustiga, u hatto raqibi va murabbiylaridan uzr so'radi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar