25 iyu 10:40
Yangiliklar
Kuchli o'nlik o'zgarishsiz qolgan WTA reytingida birinchi raketkamiz pastladi
Unga ko'ra, reytingning Top-10 ligida hech qanday o'zgarish kuzatilmadi. Polshalik Iga Svyontek hali hamon birinchi o'rinni hech qaysi tennischiga bergani yo'q. Ikkinchi pog'onani belaruslik Arina Sobolenko egallab turgan bo'lsa, kuchli uchlikka qozog'istonlik Elena Ribakina yakun yasab bergan.
WTA reytingidan o'rin olgan uch nafar tennischimizning barchasida pasayish kuzatilgan. Birinchi raketkamiz Nigina Abduraimova va Sevil Yo'ldosheva 4 pog'onadan pastlagan bo'lsa, Milana Maslenkova o'z o'rnidan 9 o'rin tushgan.
WTA reytingi. 2023 yil 24 iyul holatiga ko'ra Top-10:
1. (1) Iga Svyontek (Polsha) - 9315 ochko
2. (2) Arina Sobolenko (Belarus) - 8845
3. (3) Elena Ribakina (Qozog'iston) - 5465
4. (4) Jessika Pegula (AQSH) - 5395
5. (5) Karolin Garsiya (Franciya) - 4865
6. (6) Ons Jaber (Tunis) - 4846
7. (7) Kori Goff (AQSH) - 3390
8. (8) Petra Kvitova (CHexiya) - 3341
9. (9) Mariya Sakkari (Greciya) - 3310
10. (10) Marketa Vondroushova (CHexiya) - 3106
O'zbekistonlik tennischilarning WTA reytingidagi o'rni:
181 (177). Nigina Abduraimova - 386
925 (921). Sevil Yo'ldosheva - 21
1342 (1333). Milana Maslenkova - 4
Fikrlar