So’nggi yangiliklar

12:30Осиё ўйинларида иштирок этаётган барча ўзбекистонлик спортчиларнинг натижалари битта саҳифада (LIVE) 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0 18:52Леау Роналдуга тегишли бўлган 7-рақам остида қайдномага киритилди 0 17:00Сауль Альварес октябрь ойида WBC чемпионлик камари учун жанг қилади 0 15:48"Яна офисдаман". Илия Топурия машғулотларни қайта бошлаганини маълум қилди 0 15:01Осиё ўйинларининг 12-кунини иккита кумуш медаль билан якунладик 0 13:27Буюк Британия спорт вазири "Манчестер Сити" учун энг ёмон оқибатларни истисно этмаяпти 0 12:39Махачев: "Яхши жангчи бўлиш учун сочни калта олдириш керак" 0 11:11Теренс Кроуфорд боксга қайтиш-қайтмаслиги ҳақидаги саволга қатъий жавоб берди 0 10:00Агар Дана Уайт аралашса, Жошуа Фьюри билан жангдан воз кечиши мумкинлигини айтди 0 08:54Бугун Ўзбекистон МТЖ Сурияга қарши майдонга тушади 0 20:00Осиё ўйинларининг ўн биринчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0

14 iyu 16:17
Yangiliklar

Sport kurashlari, Kurash, Gimnastika, Osiyo o'yinlari

Kurashchi va gimnastikachilarimiz Osiyo o'yinlariga qay tarzda tayyorlanishmoqda? FOTO

Xabaringiz bor, avgust oyida Indoneziyada XVIII Osiyo o'yinlari start oladi.

O'zbekiston sport delegaciyasi ushbu nufuzli turnirda o'z oldiga katta maqsadlar qo'ymoqda. Terma jamoalarimizning Osiyo o'yinlariga munosib tayyorlanishlari uchun Milliy olimpiya qo'mitasi tomonidan o'quv-mashg'ulot yig'inlari tashkil etib berilgan.Bugun MOQ ishchi guruhi sportchilarimizning o'yinlarga qay tarzda tayyorgarlik ko'rayotganliklarini kuzatish uchun mashg'ulotlarga tashrif buyurdi.

«Dinamo» sport jamiyatiga qarashli mashg'ulotlar zalida sport kurashlari bo'yicha terma jamoamiz azolari qizg'in mashg'ulot olib bormoqdalar. Malumki, yaqinlashib kelayotgan o'yinlarda sport kurashlari (erkin, yunon-rum va ayollar kurashi)dan ham ko'plab medallar kutilmoqda. Polvonlarimiz ana shuni his qilgan holda mashg'ulotlarda astoydil ter to'kishmoqda.


«Yunon-rum kurashchilarimiz Osiyo o'yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etishni maqsad qilib qo'yganlar. Bu yo'lda mashg'ulotlar qizg'in davom etmoqda. Osiyo o'yinlarigacha iyul oyida Gruziya va Turkiyada bo'lib o'tadigan Gran-Pri musobaqalarida ishtirok etamiz. Indoneziya safari oldidan tayyorgarlikning so'nggi bosqichi Yangiobod bazasida tashkil etiladi», – dedi yunon-rum kurashi bo'yicha terma jamoa murabbiyi Ravshan Ro'ziqulov.


SHundan so'ng O'zbekiston gimnastika federaciyasiga qarashli «Universal» sport majmuasida davom etayotgan mashg'ulotlar borib ko'rildi. U erda ham badiiy gimnastika, trampolin, sport gimnastikasi terma jamoalari Osiyo o'yinlariga tayyorgarlikni davom ettirmoqdalar. Mashg'ulotlar rejaga binoan kuniga ikki martadan o'tkazilmoqda. Gimnastikachilarimiz ham Osiyo o'yinlarida, shuningdek, Buenos-Ayresda o'tkaziladigan III yozgi o'smirlar Olimpiya o'yinlariga tayyorlanishmoqda. Badiiy gimnastikachilarimiz ananaga ko'ra Osiyo o'yinlarida terma jamoamiz uchun medallar shodasini taqdim etishni rejalashtirib qo'yishgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing