22 avg 10:34
Yangiliklar
Boks/MMA

Kutilmagan xabar: Bektemir Meliqo'zievning jangi yana qoldirildi
Avvalroq, professional boksda faoliyat olib borayotgan hamyurtimiz Bektemir Meliqo'ziev 28 avgust kuni AQSHda meksikalik Alan Kampaga qarshi jang qilishi lozimligi haqida xabar qilgandik.
Lekin, keyinroq kechaning markaziy jangi ishtirokchisi Xorxe Linaresda koronavirus infekciyasi aniqlangandi.
SHu sababli, Golden Boy kompaniyasi Linaresning Xaver Fortunaga qarshi jangini kechroq muddatga surilishini malum qildi, deb xabar qilmoqda DAZN. Kompaniya qisqa muddat ichida Fortunaga raqib topa olmagan.
"Butun dunyo bo'ylab sport musobaqalarida pandemiya sabab nomalumliklarni yuzaga kelgan. Biz muxlislarimiz yuqori darajadagi janglardan zavq olishlari uchun harakat qilmoqdamiz. Jangning yangi sanasi yaqin vaqtda elon qilinadi", - deyiladi Golden Boy bayonotida.
Aynan Linaresda infekciya aniqlangani sabab mazkur karddagi barcha janglar vaqti o'zgargan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar