20 sen 21:10
Yangiliklar

Kutilmagan xabar! SHohjahon Ergashevning ertangi jangi bekor qilindi
Ergashev prof ringdagi 19-jangida belaruslik Dmitriy Miliushaga qarshi ringga ko'tarilishi kerak edi. SHohjahonning Sankt-Peterburgdagi ushbu jangi "Koroli nokautov" nomli professional boks kechasining markaziy to'qnashuvi bo'lishi lozim edi.
Afsuski, charm qo'lqop ustamizning jangi bekor qilindi va oktyabr oyiga ko'chirildi. Bu haqida SHohjahon Ergashevning o'zi saytimizga xabar berdi.
"Ha, afsuski shunday bo'lib qoldi. Asosiy muammo "Match TV" telekanali bilan kelisha olmaganimiz bo'ldi. Ular faqat mening ishtirokimdagi jangni translyaciya qilishlarini aytishdi. Bu turnirda mening boks zalimdagi bolalar ham ringga chiqishadi. Menga ularning janglari translyaciyasi ham muhim. Endi bu jangim oktyabr oyida o'tkaziladi. Raqib o'zgarmaydi", - dedi Ergashev.
Malumot uchun, SHohjahon Ergashev shu kungacha prof ringda 18 ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan (16ta nokaut). Miliusha esa 13 marotaba jang qilgan va ularning 9tasida g'olib bo'lgan (4ta nokaut). 3 marotaba mag'lubiyatga uchragan (2ta nokaut) va 1 ta durang qayd etgan.
Fikrlar
анча борга ухшайди.( хар холда бундай ракибла билан). У профга утганида Ахмадалиев Гиясов Меликузиевлар любителскийда эди. Ахмадалиев профдаги фволиятига 2 йил тулмасдан 2 та главная версия да чемпион булди. Максад Эргашевни устидан мағзава ағдариш эмас просто биз хам уни чемпионлигини куриш истагидамиз.Ахир хозирги спорт формасини хам ушлаб колиб бумайди вакт аёвсиз эртага кариб колса ёшлар чикаверади. Имкон кадар гуллаган Даврида Википедияда хам топиб бумайдиган ракибла билан тушмаслиги керак.