06 avg 09:26
Yangiliklar
Taekvondo
Laziz Hasanov endi ikkita federaciyaga rahbarlik qiladi FOTO
O'zbekiston taekvondo ITF milliy associaciyasi rahbari lavozimida ishlab kelayotgan Laziz Hasanovga yana bir sport federaciyasi ishonib topshirildi.
Hasanov O'zbekiston xapkido federaciyasi raisi etib tayinlandi. Bu tayinlovni Butunjahon xapkido kundo federaciyasi prezidenti Janob Jang ham o'zi jo'natgan ishonch yorlig'i bilan tasdiqladi.
O'zbekiston taekvondochilari Laziz Hasanov boshchiligida aytishga arzigulik natijalarni qayd etib kelishyapti. Yaqinda Belarus poytaxti Minsk shahrida o'tkazilgan jahon Kubogida terma jamoamiz 60 ga yaqin davlat orasida umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallagani ham fikrimizga isbot bo'la oladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar