28 okt 21:03
Yangiliklar
Boks/MMA

"Lazizbek o'z imkoniyati darajasida jang qilgani yo'q". Xorijiy mutaxassis o'zbek bokschisi haqida fikr bildirdi
Osiyo boks konfederaciyasi matbuot xizmati rahbari Tibor Kinses Lazizbek Mullojonovning eronlik Puria Amiriga qarshi kechgan jangi bo'yicha o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Lazizbek bugun o'z imkoniyati darajasida jang qilgani yo'q. Ishonchim komil, uning imkoniyatlari bundan ham yuqori. CHunki u ajoyib atletik sifatlarga ega. U mazkur jahon chempionatida sovrindorlar qatoridan o'rin olishini kutib qolaman. Bugungi eronlik bokschi ham kuchli raqib edi. G'alaba bilan tabriklayman", - dedi Tibor Kinses saytimiz muxbiri Aziz To'xtamurodov bilan suhbatda.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar