18 okt 16:26
Yangiliklar
Boks/MMA

Lennoks Lyuis tarixdagi eng yaxshi besh bokschini sanab berdi
Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni britaniyalik Lennoks Lyuis barcha davrlarning o'z tanlovidagi eng yaxshi besh nafar jangchisini etirof etdi.
U reytingning birinchi pog'onasiga afsonaviy Muhammad Alini qo'ydi. Jo Luis kuchli beshlikni yakunlab berdi.
Uning reytingi quyidagicha:
1. Muhammad Ali
2. Jek Jonson
3. Marvin Xagler.
4. Jorj Forman.
5. Jo Luis.
Etiborlisi, 60 yoshli Lyuis tilga olgan bokschilarning barchasi, Xaglerdan tashqari, og'ir vaznlilar edi. Beshovi ham Amerika Qo'shma SHtatlaridan. Lennoks qo'shimcha tarzda o'zini ham tarixdagi eng yaxshilardan biri deb hisoblashini takidladi. U professional faoliyati davomida 41 g'alaba, 2 mag'lubiyat va bitta durang qayd etgan.
Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar