16 okt 10:53
Yangiliklar
Leyla Fernandes Gonkongni zabt etdi
Prudential Hong Kong Tennis Open turniri bosh sovrini dunyoning 60-raketkasi bo'lib kelgan Leyla Fernandesga nasib etdi. U hal qiluvchi final uchrashuvida WTA reytingida 85-pog'onadan joy olgan chexiyalik Katerjina Sinyakovani 3/6, 6/4, 6/4 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi.
Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi. Ikki soatu 39 daqiqa davom etgan bahsda Fernandes 3, Sinyakova 7 ta eys zarbani amalga oshirdi. Breyklar ikkala tennischida ham 5 tadan bo'ldi. Qo'shxatolar Leylada ko'proq bo'ldi - 4 ga 2. Prudential Hong Kong Tennis Open turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok Fernandesga 280 reyting ochkosi hamda 34,228 dollar mukofot puli keltirdi. Bu uning faoliyatidagi uchinchi sovrin bo'ldi.
Fikrlar