18 iyu 17:09
Yangiliklar
Tennis
Libema Open. Juftlikdagi bosh sovrin Kunchiqar yurtga ketdi
Niderlandiyaning Xertogenbos shahrida o'tkazilayotgan maysa qoplamali WTA turniri bugun yakuniga etadi.
Musobaqaning juftlik bahslarida yaponiyalik tennischilar g'alaba qozonib, bosh sovrin sohibasiga aylanishdi. SHuko Aoyama va Ena SHibaxara slovakiyalik dugonalari Viktoriya Grunchakova hamda Tereza Mixalikova hamkorligini ikki setda ham bir xil hisobda taslim etishdi - 6/3, 6/3.
Oltmish to'qqiz daqiqa davom etgan uchrashuvda Aoyama/SHibaxara juftligi 2 ta eys, 4 ta breykni amalga oshirib, 3 ta qo'shxatoga yo'l qo'yishdi. Libema Open turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok yaponiyaliklarga 280 reyting ochkosi hamda 10,820 evro mukofot puli keltirdi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar