24 sen 10:17
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/45628_220.jpg)
Lomachenko Buyuk Britaniyada jang o'tkazmoqchi
Professional boksning engil vazn toifasida WBA yo'nalishi chempioni Vasiliy Lomachenko o'zining yaqin rejalari bilan o'rtoqlashdi.
Ukrainalik jahon chempioni Xose Pedrasaga qarshi o'tkazadigan jangidan so'ng Buyuk Britaniyada ringga chiqish istagi borligini malum qildi.
“Menga Buyuk Britaniya yoqadi va shu erda jang o'tkazishni xohlayman. Kempbell? Hamma narsa bo'lishi mumkin. Yaqin kelajakda bu men uchun qiziq jang bo'lish ehtimoli bor.
Mayki Garsiya? Pedrasadan so'ng bu eng yaxshi variant bo'lardi. U kuchli o'ntalikdan joy olgan bokschilardan”, - dedi Lomachenko.
Eslatib o'tamiz, Vasiliy Lomachenko o'zining navbatdagi jangini 8 dekabr kuni Xose Pedrasaga qarshi o'tkazadi.
Havola :
Fikrlar