30 jan 11:42
Yangiliklar
Boks/MMA

Lopes faoliyatini qachon yakunlamoqchi ekanligini aytdi
Engil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Teofimo Lopes faoliyatini yakunlash haqidagi savolga javob berdi.
"Vaqt o'tgani sayin barcha narsa o'zgarayotganini ko'rib turibman. Ayniqsa, so'nggi ikki yilda ko'p bokschilar vafot etdi va buni ko'rish og'ir edi. Men yaqindan tanigan insonlar oramizdan ketishmoqda, bu juda og'ir.
Men yana 10-15 yil boks tushish haqida o'ylayotgandim, ammo barchasi yaratganning qo'lida. Barcha qo'ygan maqsadlarimga erishganimda, barcha bilan yaxshi munosabat o'rnatganimda, pullarimni investiciya qilaman va 30 yoshga yaqin faoliyatimni yakunlayman", - dedi Lopes.
Havola :
Manba : ESPN
Fikrlar