18 okt 15:38
Yangiliklar
Boks/MMA

Lopes g'alabadan so'ng nimalar dedi?
Endilikda mutlaq jahon chempioniga aylangan Teofimo Lopes jangdan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Men barchadan minnatdorman. Birinchi navbatda yaratgandan minnatdor bo'lishim kerak, chunki u ko'mak bermasa, men hech nimaga erishmagan bo'lardim. Men jangchiman. O'n ikkinchi raundda himoyaviy jang qilishim mumkin edi, biroq unday qilmadim. Loma hujum qilishini bilardim va shuning uchun men ham hujumda harakat qildim. Keyin hakamlar qanday hisobda ekanligini bilmasdim. Uning har bir harakatidan avval men unga zarbalar yo'lladim va rejalarini barbod qildim”,-dedi Lopes.
Eslatib o'tamiz, Lopes va Lomachenko o'rtasidagi bahs to'liq o'n ikki raund davom etdi va hakamlar bir ovozdan amerikalikning g'alabasini elon qilishdi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar