21 iyu 11:26
Yangiliklar
Gimnastika, Tokio-2020
Luiza Ganieva: "Olimpiadaga qattiq tayyorgarlik ko'ryapmiz"
Badiiy gimnastika terma jamoamiz azosi Luiza Ganieva to'rt yillikning eng muhim musobaqasiga tayyorgarlik avjida ekanligini aytib o'tdi.
"Ayni paytda Olimpiadaga qattiq tayyorgarlik ko'ryapmiz. Murakkab dasturlarni ham bajaryapmiz. Rio o'yinlarida munosib ishtirok etishni rejalashtirganmiz.
Olamsport.com sayti tomonidan yasab berilgan poster juda yoqdi, buning uchun rahmat", - deydi badiiy gimnastikachimiz Luiza Ganieva.
Eslatib o'tamiz, badiiy gimnastika bo'yicha bo'yicha sportchilarimiz jamoaviy musobaqalarda ilk marotaba Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritishgan.
Musobaqada gimnastikachi qizlarimizga omad tilab qolamiz!
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar