20 okt 12:40
Yangiliklar
Taekvondo
Madinabonu Mannopova Jahon Gran-prisida debyut qildi
Bolgariyada taekvondo bo'yicha Sofiya-2019 gran-prisining uchinchi kungi bahslari bo'lib o'tmoqda.
Ushbu nufuzli musobaqada o'zbekistonlik olti nafar taekvondochi ishtirok etishidan xabaringiz bor. Bugun Madinabonu Mannopova va Nikita Rafalovich janglarda qatnashishadi.
Bundan biroz avval 2018 yilgi Osiyo o'yinlari kumush medali sohibasi Madinabonu Mannopova Jahon Gran-prisidagi ilk jangini o'tkazdi. 18 yoshli sportchimizga tajribali xitoylik Yuntao Venren raqiblik qildi. Keskin kurashlarga boy o'tgan bahsda Mannopovaga birozgina tajriba etishmadi - 12:17.
O'zbekiston taekvondo WT associaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Fikrlar