26 iyu 13:03
Yangiliklar
Madinabonu Mannopova: "Men uchun "Beirut Open" ham xuddi Osiyo chempionatidek o'tdi"
"Bu Osiyo chempionati va "Beirut Open" musobaqalariga jamoamiz azolari, murabbiylar va shaxsiy murabbiyim Sobir Nazaraliev bilan juda ham yaxshi tayyorlandik. Raqibalarim haqida malumotlarga ega edim. Osiyo chempionatida yarim finalda koreyalik sobiq Osiyo chempionini yutdim. Finalda vetnamlik raqibamga 23:25 hisobida imkoniyatni boy berdim. Oltin medal nasib qilmagan ekan. Hammasi uchun Yaratganga shukur.
"Beirut Open" musobaqasida oltin medalni qo'lga kiritdim va muhim reyting ballarga ega bo'ldim. "Beirut Open" ham Osiyo chempionatidek kuchli va o'xshash musobaqa bo'ldi. Sababi deyarli o'sha raqibalarga qarshi dayanga chiqdim.
Keyingi musobaqalarga yanada yaxshiroq tayyorlanishni va xatolarim ustida ishlashni boshlayman", - deydi Madinabonu Mannopova.
O'zbekiston taekvondo WT associaciyasi matbuot xizmati
Fikrlar