08 okt 08:04
Yangiliklar
Boks/MMA

Maga Ismailov boks jangida ringga ko'tarildi FOTOGALEREYA
Rossiyalik aralash yakkakurash ustasi Magomed Ismailov boks qoidasi asosida o'tkazilgan jangda ishtirok etdi.
Pravda promousheni tomonidan tashkil etilgan boks oqshomida yaqindagina Toshkentga kelib ketgan Maga Ismailov serbiyalik Aleksandr Ilichga qarshi ringga ko'tarildi. Olti raundga mo'ljallangan jangda Ismailov hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozondi.
Eslatib o'tamiz, Magomed Ismailov bundan avvalgi boks qoidalari asosida o'tkazilgan jangida nigeriyalik Olanrevaju Durodoladan ustun kelgandi. Ilich esa yaqinda RCC turniri doirasida rossiyalik yana bir taniqli aralash yakkakurash ustasi Aleksandr SHlemenkoni birinchi raundda nokautga uchratgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar