06 okt 15:39
Yangiliklar
Boks/MMA

Magomed Ankalaev Aleks Pereyra bilan chempionlik revanshidagi mag'lubiyatiga ilk bor izoh berdi
Rossiyalik 33 yoshli UFC cobiq chempioni Magomed Ankalaev braziliyalik Aleks Pereyraga qarshi revansh jangidagi mag'lubiyati haqida fikr bildirdi.
U kecha AQSHning Nevada shtati, Las-Vegas shahrida o'tkazilgan UFC 320 turnirining markaziy jangida Pereyraga texnik nokaut orqali imkoniyatni boy berib, yarim og'ir vazn toifasidagi chempionlik kamaridan ayrilgandi.
"Agar Alloh meni mag'lubiyat bilan sinab ko'rgan bo'lsa, demak, U meni quvvatlantirmoqchi. Uning irodasiga tazim qilaman, lekin qiyinchiliklarga emas. Yonimda qolganlarga rahmat. Yurganlarga ham rahmat. Axir Alloh nafaqat zaiflikdan, balki keraksiz odamlardan ham yo'lni tozalaydi", deb yozgan Ankalaev ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar