So’nggi yangiliklar

17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0 10:08Сауль Альварес навбатдаги ғалабасига эришди, Мунгия ҳам ғолиб 0 09:50UFC ойнинг энг яхши жангини эълон қилди 0 08:45Рамазон Темиров Каванага қарши мағлубиятдан кейин илк бор мухлисларга мурожаат қилди 0 07:59"Барселона" иккита мағлубиятдан сўнг бор аламини "Алавес"дан олди, "кўк-анорранглилар" рақиб дарвозасига 6 та тўп киритишди 0 19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0

26 sen 10:49
Yangiliklar

Boks/MMA

Magomed Ankalaev: "Aleks Pereyrani ortiq hurmat qilmayman"

Yarimog'ir vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Magomed Ankalaev ushbu kamarning sobiq sohibi braziliyalik Aleks Pereyrani ortiq hurmat qilmasligini aytdi.

"To'g'risini aytsam, yaqin-yaqingacha men uni ham jangchi, ham inson sifatida hurmat qilardim. Endi uni hurmat qilmayman. Mayli, tresh-tok - bu jangga qiziqish uyg'otish usuli, hazillashish yoki kimnidir masxara qilish mumkin. Ammo sen odamlarga yolg'on gapirib: "Men uni ko'rdim, u yashirindi" deb yolg'on xabar tarqatishga haqqing yo'q. Muammo shundaki, bir necha kun oldin u bu safsatalarni aytib yurgan edi, bugun esa men uni ko'rdim. Men faqat murabbiy bilan, u esa butun jamoasi bilan birga edi - men unga yaqinlashdim va dedim: "Hoy, yigitlar. Siz meni yashirinib yurgan deb yolg'on gapirdingiz. Men hozir shu erdaman. Nima qilmoqchisiz? O'sha erning o'zidayoq bahonalar o'ylab topa boshladi: - E, buni bir qiz aytdi, anavi yigit aytdi.

Menda hech qanday muammo yo'q, lekin agar u keyingi haftada menga juda yaqinlashsa va haddan oshishga qaror qilsa, albatta, o'zimni himoya qilaman. Qolganini qafasda ko'ramiz", - deya Ankalaevning so'zlarini keltiradi MMAJunkie.

Ularning revansh jangi 25 oktyabr kuni Las-Vegas (AQSH) shahrida o'tkaziladigan UFC 320 turniriing asosiy to'qnashuvi bo'ladi. Ankalaev va Pereyra o'rtasidagi birinchi jang 2025 yil 9 mart kuni UFC 313 turnirida bo'lib o'tgandi. To'liq besh raund davom etgan jang hakamlarning yakdil qarori bilan Ankalaevning g'alabasi bilan yakunlandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing