So’nggi yangiliklar

08:54Бугун тўрт эркин курашчимиз жаҳон чемпионатида гиламга чиқади. Ғуломжон бронза йўлида курашади 0 08:13"Олтин тўп"-2026 учун овоз бериш натижалари эълон қилинди 0 07:42АCА 209: Саидёқуб Қаҳрамоновда мағлубият. Холмурод Нурматовчи? (Барча натижалар) 0 07:10Никита Цзю декабрь ойида рингга қайтади 0 22:51Шахмат бўйича 2027 йилги рапид ва блиц Жаҳон чемпионати мезбони эълон қилинди 0 22:14Танташев ва Нажафалиев бригадаси Элит ОЧЛ баҳсларида ишлайди 0 21:31Александр Волков: "Ўзимни чемпион деб биламан" 0 20:56Жейк Пол декабрь ойида Дубайдаги турнирда рингга қайтади 0 20:23Ковингтон иштирокидаги жанг Hype FC турнирига қўшилди 0 19:48Жаҳонгир Ўрозов: "Каннаваро "Рубин"ни чемпион қиларди" 0 19:05Камару Усман Ислам Махачевнинг танаффус қилиш қарорига баҳо берди 0 18:29Топурия 2026 йилнинг энг тижорий спорт юлдузлари рейтингида Жошуа, Усик ва Чимаевни ортда қолдирди 0 18:06Саидёқуб Қаҳрамоновнинг Тожикистондаги жанги тўлиқ давом этди ва кутилмаган натижа билан тугади 0 17:47Келдиёрова Abu Dhabi Grand Slam 2026 турниридаги мағлубиятига изоҳ берди 0 17:12Суперлига. Бироздан сўнг 26-турга старт берилади 0

23 iyu 15:01
Yangiliklar

Boks/MMA

Magomed Ankalaev Bogdan Guskov bilan jangni mashg'ulot deb atadi

Rossiyalik yarim og'ir vazn toifasidagi UFC jangchisi Magomed Ankalaev 25 iyul kuni Abu-Dabidagi Etixad Arenada bo'lib o'tadigan UFC Fight Night 282 turnirida raqibi almashgani haqida fikr bildirdi.

Avvaliga Ankalaev Xalil Rauntriga qarshi jang qilishi kerak edi, ammo u jarohati sabab bellashuvdan chetlashdi. Uning o'rnini hamyurtimiz Bogdan Guskov egalladi.

«Albatta, Xalilning jangga chiqa olmaganidan xafa bo'ldim. Men aynan unga qarshi tayyorgarlik ko'rgan edim. Lekin oxirgi pallada menga yangi raqib topilgani meni umuman xafa qilmadi. Aksincha, jang baribir o'tkaziladigani va qisqa vaqt ichida taklifni qabul qilib, ushbu to'qnashuvni saqlab qolgan inson topilganidan xursandman. SHuning uchun bu jangni intiqlik bilan kutyapman.

Guskov taklifni ikkilanmasdan qabul qilgan yagona jangchi bo'ldi. Qolganlarni ham yaxshi tushunaman. Bu professional sport va bu erda juda katta narsalar tikkan. To'liq tayyorgarliksiz reyting peshqadamiga qarshi oktagonga chiqish istalgan jangchining faoliyatiga jiddiy tasir qilishi mumkin. SHuning uchun hech kimdan xafa emasman.

Men uchun bu jang, avvalo, oktagonga qaytish imkoniyati. Agar shunday deyish mumkin bo'lsa, bu o'ziga xos qizishib olish jangi. SHu manoda Bogdan men uchun mos raqib. U reytingda to'qqizinchi o'rinda turibdi va bu imkoniyat uning faoliyatini tubdan o'zgartirishi mumkin. Bu juda katta imkoniyat. Albatta, u mening reytingdagi o'rnimni egallash va imkoniyatidan foydalanish uchun bor kuchini ishga soladi. Ammo buni amalga oshirish unchalik oson bo'lmaydi», — dedi Ankalaev MMA Junkie nashriga bergan intervyusida.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing