12 avg 13:39
Yangiliklar

Magomed Ankalaev: "Keling, buni tezlashtiramiz"
Proxazka yil oxirigacha chempionlik unvonini himoya qilish istagini borligini elon qilgan edi.
"Soxta nindzya, sen meni unutib qo'yding. Ismimni qanday talaffuz qilinishini bilasanmi? Bu jismonan va ruhan oson emasligini bilaman", — deb yozgan rossiyalik jangchi ijtimoiy tarmoqda.
Avvalroq Prochazka Yan Blaxovich bilan yozishmalarida divizionning sobiq chempioni Glover Teysheradan javob kutayotganini va chempionlik unvonini qo'lga kiritganidan so'ng braziliyalikning qasos olishga vada berganini takidlagan edi.
SHuningdek Ankalaevning aytishicha, u Blaxovich bilan jang o'tkazishga allaqachon rozi bo'lgan.
"Yan Blaxovich bilan jangimiz masalasi hal bo'lgan. Keling, buni tezlashtiramiz. Men polshaliklarni hurmat qilaman. SHuning uchun boshqa raqiblar haqida o'ylamaymiz", — deya qo'shimcha qildi Ankalaev.
Eslatib o'tamiz, Ankalaev UFC 277 kechasida Entoni Smitni ikkinchi raundda mag'lub etgandi. Bu rossiyalikning UFCʼdagi qatorasiga to'qqizinchi g'alabasi bo'ldi.
Fikrlar