18 may 13:13
Yangiliklar
Boks/MMA

Magomed Ankalaev vazn toifasini o'zgartiradimi? Sportchining vakili javob berdi
UFC yarim og'ir vazn toifasi chempioni Magomed Ankalaev og'ir vaznga o'tish niyatida emas.
Bu haqda uning menejeri Rizvan Magomedov malum qildi.
"Aslida, Magomed bu vazn toifasini tozalab bo'ldi. Reytingdagi birinchi o'nlikka qarasangiz, Proxazka va Xilldan tashqari, qolganlarini bir yo'sinda mag'lub etgan. Hozircha vazn almashtirish haqida hech qanday gap yo'q. U o'zini bu erda yaxshi his qilmoqda. O'ylaymanki, u shu vaznda faoliyatining oxirigacha hukmron bo'ladi", — dedi Magomedov.
Eslatib o'tamiz, Ankalaev mart oyida Aleks Pereyrani mag'lubiyatga uchratib, yarimog'ir vazn toifasi chempionligini qo'lga kiritgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar