05 okt 07:58
Yangiliklar
Boks/MMA

Magomed Ankalaev Yan Blaxovichga qarshi davogarlik jangini o'tkazadi
Rossiyalik UFC jangchisi Magomed Ankalaev polshalik Yan Blaxovichga qarshi davogarlik jangini o'tkazadi.
Ushbu jang 11 dekabr kuni Las-Vegas shahrida bo'lib o'tadi. Bu haqda Ankalaevning o'zi ijtimoiy tarmoqlar orqali malum qilgan.
"Kecha men Yan Blaxovich bilan jangim tasdiqlangani haqida yangilik oldim. SHartnoma imzolanmagan, lekin jangning 11 dekabrda o'tkazilishiga kelishilgan. Bu davogarlik jangi bo'ladi. Mening ishtirokimdagi turnir, tez orada, Las-Vegasda!", - deb yozgan Ankalaev.
Malumot uchun, Ankalaev so'nggi bor 30 iyul kuni Entoni Smit bilan jang qilib, g'alaba qozongan edi. Blaxovich esa so'nggi jangida Aleksandr Rakichdan ustun kelgan. Ushbu jang joriy yilning may oyida bo'lib o'tgandi.
Havola :
Manba : mma.metaratings.ru
Fikrlar