21 iyu 07:23
Yangiliklar
Boks/MMA
Mahmud Muradov chempionlik kamari uchun jang qiladi + POSTER
Taniqli aralash yakkakurash ustamiz Mahmud Muradovning navbatdagi jangi tavsilotlari malum bo'ldi.
Hamyurtimiz 1 avgust kuni CHexiya poytaxti Praga shahrida tashkil etiladigan OKTAGON 92 turnirida irlandiyalik Uill Flyoriga qarshi oktagonga chiqadi. Ushbu jang yarimog'ir vazn toifasida tashkilot chempionlik kamari uchun kechadi.
Malumot uchun, Mahmud Muradov MMAdagi faoliyati davomida 29 g'alaba, 8 mag'lubiyat qayd etgan. O'z vaqtida BAMMA, Bellator MMA, Brave Combat Federation ligalarida jang o'tkazgan 37 yoshli Flyori hisobida esa 17 g'alaba va 3 mag'lubiyat bor.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar