21 sen 13:19
Yangiliklar
Boks/MMA

Mahmud Muradov Farhodjon Mashrapovning chempionlik jangi haqida gapirdi
UFC promoushenidagi jangchimiz Mahmud Muradov aralash yakkakurash ustasi Farhodjon Mashrapov haqida fikr bildirdi.
Xabaringiz bor, 23 sentyabr kuni NFC'ning navbatdagi turnirida hamyurtimiz Farhodjon Mashrapov chempionlik kamari uchun jang qiladi. UFC ligasida oktagonga chiqib kelayotgan jangchimiz Mahmud Muradov mazkur to'qnashuv haqida gapirdi.
"Agar jang oxirgi raundgacha etib borsa, Farhodjon Mashrapov, albatta g'alaba qozonadi", - dedi Muradov.
Eslatib o'tamiz, Mashrapov shu kuni qozog'istonlik Magomed Kabardievga qarshi oktagonga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar