14 okt 07:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Mahmud Muradov Polshadagi mashg'ulotlarini yakunladi + FOTO
Mahmud Muradov shanba kuni Abu-Dabiga yo'l oladi.
UFC 280 da jang qiladigan Mahmud Muradov Instagramdagi sahifasida Polshadagi mashg'ulotlar yakunlanganini malum qildi.
«SHunday qilib Polshada MMA ANKOS'dagi o'quv-yig'in mashg'ulotlarimiz yakunlandi. Alhamdulillah, hammasi reja asosida ketyapti va o'zimni yaxshi his qilyapman.
In SHa Allah, shanba kuni men jamoam bilan birgalikda Abu-Dabiga yo'l olamiz!
Men va mening jamoam uchun duoda bo'lgan va bizni qo'llab-quvvatlayotgan barchaga katta rahmat. Barchangiz men uchun qadrlisiz», - deya tegishli suratni ilova qildi, Muradov.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar