15 jan 12:15
Yangiliklar
Boks/MMA

Makgregor 2 mln dollarga soat sotib oldi + FOTO
Dubay shahrida bo'lib turgan ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor jangga tayyorgarlik ko'rish bilan birga shopingni ham esdan chiqarmayapti.
Irlandiyalik xarid qilgan buyumlar orasida eng qimmatbahosi bu - soat bo'lib turibdi. Konor Astronomia Tourbillon Baguette ot Jacob & Co soatini 730 000 funt sterling, taxminan 2 million dollarga sotib olgan. Soatda 400 ta brilliant ko'zlar, yana 133 ta uchburchak shakldagi oq brilliant bo'lib, bu qimmatbaho toshlarning umumiy og'irligi 16,8 karatga teng.
Bundan tashqari, Makgregor Bentley mashinasi, maxsus buyurtma asosida tikilgan kostyum va boshqa qimmatbaho sovg'alarni xarid qilgan.
Eslatib o'tamiz, Makgregor - Pore jangi 23 yanvar kuni Abu-Dabidagi "Janglar oroli"da bo'lib o'tadi. Bu UFC 257 turnirining markaziy jangi bo'ladi.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar