25 sen 16:16
Yangiliklar
Boks/MMA

Makgregor kuchli zarbalarga tayangan holda jangga tayyorgarlik ko'rayotganini aytdi
Irlandiyalik aralash yakkakurash ustasi Konor Makgregor uzoq muddatidan keyingi janglariga ko'proq tajovuzkorlik va ancha zalvorli zarbalar bilan tayyorgarlik ko'rayotganini malum qildi.
Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempionining so'zlariga ko'ra, so'nggi mashg'ulotlarda zarbalar kuchi va aniqligini oshirishga etibor qaratilgan va endi u bu tajribani janglarda qo'llamoqchi.
"Menda tajovuzkorlik yig'ilib qoldi. Ularni chiqarib tashlash kerak. Men har qachongidan ham kuchliroq va aniqroq zarba beryapman. So'nggi mashg'ulotlarda ancha zalvorli zarbalar berdim va buni yana ringda qo'llash haqida o'ylash menga yoqmoqda. Zarbalarim havoda raketadek vizillab uchadi. Aynan shuning uchun men janglar olamidagi barcha moliyaviy rekordlarni o'zimda saqlab kelyapman. Tez orada ko'rishamiz, yigitlar", - deb yozdi Makgregor ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar